MPL8 da Mirzamatov va Chapanov to‘qnash kelishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovga tegishli bo‘lgan Muradov professional ligasi joriy yilning 16 sentyabr kuni Toshkent shahrida navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Turnirning markaziy jangida mahalliy MMA ustasi Shohasan Mirzamatov Rossiya vakili Hamzat Chapanovga qarshi oktagonga ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda o‘zbekistonlik sportchi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan MPL7 musobaqasining markaziy jangida o‘zaro bahslashishi kerak bo‘lgan, biroq keyinchalik bekor qilingan Mirzamatov-Chapanov to‘qnashuvi 16 sentyabr kuni o‘tkaziladigan MPL8 turnirida qayta tashkil qilinadi.

Mazkur jang posterini musobaqa tashkilotchilaridan biri va “Muradov Legion Team” jamoasi murabbiyi Jasur Alijonov ham o‘z Instagram sahifasida e’lon qilgan va bahsning ehtimoli yuqori ekanini bildirgan.

“Jasur aka e’lon qilgan poster eski jang uchun tayyorlangan, biroq ular bu to‘qnashuvni qayta tashkil qilishmoqchi. U markaziy jang maqomida o‘tishi mumkin”, deydi Shohasan Mirzamatov. 

Eslatib o‘tamiz, sportchilar o‘rtasidagi birinchi jang rossiyalik MMA’chi Hamzat Chapanov belgilangan vaznni bajara olmagani sabab qoldirilgan edi. Ushbu to‘qnashuv bekor qilingach, Muhiddin Mamajonov va Zaur Isayev o‘rtasidagi jang markaziy maqomga o‘tgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shohasan Mirzamatov MPL8 Hamzat Chapanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made