O‘zbekistonlik mashhur MMA jangchisi avtohalokatga uchradi (video)
Sport
−
04 fevral
32280Yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov avtohalokatga uchradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, baxtsiz hodisa taxminan 4-5 kun oldin Andijon viloyatida yuz bergan va hozirda u shifoxonada.
Shohasan Mirzamatov joriy yilning 23 fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etiladigan Octagon 70 turnirida Georgiy Kichiginga qarshi chempionlik jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq Mirzamatovning avtohalokat oqibatida olgan tan jarohatlari sabab ushbu jang bekor qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, Shohasan Mirzamatov professional faoliyati davomida 18 ta jang o‘tkazib, 14 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Kichigin hisobida esa 31 g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat bor.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart