Shohasan Mirzamatov mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Kecha, 6 oktyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan “Octagon 64” turnirida o‘zbekistonlik Shohasan Mirzamatov ham oktagonga ko‘tarilib, faoliyatidagi navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Braziliyalik Pedro Fariasga qarshi jang qilgan 33 yoshli Mirzamatov 1-raundda barmog‘idan olgan jarohati oqibatida jangni davom ettirolmadi.

Shunday qilib, Mirzamatov MMA'dagi 4-mag‘lubiyatini qayd etdi. Shu vaqtga qadar Mirzamatov 13 ta jangda g‘alaba qozongan. Mirzamatovni mag‘lubiyatga uchratgan 27 yoshli Farias esa MMA'dagi 11-g‘alabasini rasmiylashtirdi. Shu vaqtga qadar Farias o‘zi qatnashgan 7 ta jangda imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olmaota Shohasan Mirzamatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made