Mojarolar boshlangach, muxolif siyosatchi Vataniga qaytdi

Olam

image

Qirg‘izistonlik muxolif siyosatchi va amaldagi Prezident Sooronbay Jeenbekovning saylovdagi asosiy raqibi Omurbek Babanov ikkinchi urinishda mamlakatiga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Muxolifatchi chiqqan “Aeroflot” aviakompaniyasi samolyoti soat 14:40 da Bishkekdagi “Manas” aeroportiga qo‘ngan. Havo kemasi oldida uni yuzlab tarafdorlari va vatandoshlari kutib oldi.

Bu Babanovning Qirg‘izistonga qaytish uchun ikkinchi urinishi. Joriy yilning aprel oyida siyosatchi qaytayotganini ma’lum qilib, samolyotga chipta ham sotib olgan. Biroq yakunda rejalar o‘zgargan va Bishkekka bormagan.

Babanov 2017 yildagi prezidentlik uchun saylodv Jeenbekovga raqobatchilik qilgandi. Saylovlardan keyin mamlakat Bosh prokuraturasi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Konstitutsiyani kuch bilan o‘zgartirish va milliy, irqiy hamda diniy qarama-qarshilik keltirib chiqarishga da’vat qilgani uchun Babanovga nisbatan jinoiy ish ochgan. Shundan so‘ng, Babanov mamlakatdan ketib, siyosatdni tark etgani haqida ma’lumotlar tarqagan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ham Babanovga nisbatan hukumatni kuch bilan egallash va ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga urinishda ayblab, jinoiy ish ochgan, biroq u mamlakatdan ketgach, ish to‘xtatilgan. Ammo Babanov mamlakatga qaytsa, qo‘lga olinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirda Qirg‘izistonda sobiq Prezident Almazbek Atamboyev atrofidagi mojarolar sabab tartibsizliklar yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Omurbek Babanov

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing