Mourinoga sobiq klubi qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Londonning “Chelsi” klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Ayni vaqtda murabbiysiz qolgan “Chelsi” portugaliyalik murabbiy Joze Mourino nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Klub 60 yoshli mutaxassisning hali ham Londonda uyi borligini biladi. Shuningdek, London klubining ko‘plab muxlislari mutaxassis haqida iliq fikrda. Bu holat esa Mourinoning “Chelsi”ga qaytishi yo‘lida muhim omil bo‘lishi mumkin. 

Joze Mourino “Chelsi”da 2004-2007 va 2013-2015 yillarda ishlagan. London klubida u sakkizta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Portugaliyalik murabbiyning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o “Roma”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing