Mourinoga ish topildi
Sport
−
09 Oktabr 2019 7561 1 daqiqa
Londonning "Tottenxem" jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino iste’foga chiqarilsa, uning o‘rniga Joze Mourino kelishi mumkin.
Nomzodlar orasida Mourinoning "shporlar" murabbiyiga aylanish ehtimoli yuqori. Maurisio Pochettinoning "Tottenxem" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo‘ljallangandi.
Biroq, "Tottenxem" Angliya Premer Ligasining 8 turidan so‘ng 9-o‘rinni band etmoqda, jamoa Chempionlar Ligasini ham omadsiz tarzda boshladi.
Ma’lumot uchun, Joze Mourino 1963 yilda Portugaliyada tug‘ilgan. U faoliyati davomida "Chelsi", "Inter", "Real", "Manchester Yunayted" kabi jamoalarni boshqargan.
Mourino o‘tgan yil dekabr oyida "Manchester Yunayted"dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr