Mourino “Atletiko”ga o‘tdi

Sport

image

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi “Rasing Montevideo” himoyachisi Alvaro Santyago Mourino Gonsales transferini e’lon qildi. Bu haqda jamoa Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 21 yoshli markaziy himoyachi Madrid klubi bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar 5 yillik shartnomani imzolagan. “Transfermarkt” portalida Santyago Mourinoning transfer qiymati 500 ming yevro etib belgilangan.

4_1

“Marca”ning ma’lum qilishicha, urugvaylik futbolchi Diyego Simeone qo‘l ostida mavsumoldi mashg‘ulotlarni boshlaydi, shundan so‘ng bosh murabbiy futbolchini jamoada qoldirish yoki ijaraga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, Mourino 2022/2023 yilgi mavsumda mamlakat oliy ligasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Mourin'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing