“Atletiko”ga mag‘lub bo‘lgan “Barsa” murabbiyi o‘yindan keyin nimalar dedi?

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik kecha, 8 aprel kuni tunda bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki uchrashuvidan o‘rin olgan “Atletiko Madrid”ga (0:2) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak ham, juda yaxshi imkoniyatlar yaratdik… Ular ham juda yaxshi o‘ynashdi, lekin biz taslim bo‘lmaymiz.

Albatta, biz o‘zimizga ishonamiz. 10 kishi bo‘lib ham juda yaxshi o‘ynadik. Ularga qarshi himoyalanish oson emasdi, ammo bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Biz ijobiy kayfiyatdamiz. Keyingi o‘yinda bor kuchimizni beramiz, bizda imkoniyat bor va shu imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz.

Ular ikkita gol urdi, chunki ularda juda sifatli o‘ynadi. Birinchi gol oldidan esa, menimcha, biz yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi”, deydi germaniyalik mutaxassis.

Shuningdek, Flik hakamlikdan ham noroziligini bildirdi, ayniqsa bir nechta bahsli vaziyatlar bo‘yicha.

“Pau Kubarsining qizil kartochkasi berilishi ham, berilmasligi ham mumkin edi. Menimcha, bu maydondan chetlatish uchun yetarli emasdi, chunki to‘p uning orqasida edi.

Men uchun aniq bo‘lgan vaziyat – Xuan Musso hujumni boshlagan paytda va Mark Pubil to‘pga qo‘l tekkizgan holat. Nima uchun VAR aralashmaganini tushunmadim. Bu aqlga sig‘maydi. Hammamiz xatoga yo‘l qo‘yishimiz mumkin, bu normal holat, lekin unda VAR nima uchun kerakligini tushunmayman. Bu penalti, ikkinchi sariq kartochka va maydondan chetlatish bo‘lishi kerak edi.

Endi nima bo‘lsa ham biz buni qabul qilishimiz kerak va kelasi seshanba kuni bo‘ladigan o‘yinga e’tibor qaratishimiz lozim. Biz oxirigacha kurashamiz”, deydi Flik. 

Ma’lumot o‘rnida, javob o‘yini joriy yil 14 aprel oqshomida Madridda bo‘lib o‘tadi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Atletiko mag'lubiyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing