Mourino Turkiyada ish boshlashi mumkin

Sport

image

Hozirda ishsiz yurgan portugaliyalik murabbiy Joze Mourino faoliyatini Turkiya klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis xizmatlariga Istanbulning “Fenerbaxche” klubi qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish joiz, “Special one”ning oxirgi ish joyi Italiyaning “Roma” klubi bo‘ldi. U qishda Rim klubini tark etdi. Yevropada Jozeni “Chelsi”, “Real”, “Manchester Yunayted”, “Portu” va “Inter” klublaridagi faoliyati bilan yaxshi bilishadi.

Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasining joriy mavsumida 29 ta turdan so‘ng “Fenerbaxche” turnir jadvalida 76 ochko to‘plab, 2-o‘rinda bormoqda. 1-o‘rinni band etgan “Galatasaroy” hisobida esa 78 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Mourin'o

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing