Netflix “Special one” haqida film suratga oldi
Sport
−
15 mart 2024 2521 1 daqiqa
Filmlar va teleseriallar striming xizmati bilan shug‘ullanuvchi Amerikaning Netflix kompaniyasi 2025 yilda portugaliyalik murabbiy Joze Mourino haqidagi hujjatli filmni taqdim etadi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, filmda mutaxassisning futboldagi hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, kinodan Mourino va uning qo‘l ostida o‘ynagan futbolchilar bilan suhbatlar o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, mutaxassis faoliyati davomida “Chelsi”, “Real”, “Manchester Yunayted”, “Portu” va “Inter” kabi klublarga ustozlik qilgan. Uning oxirgi jamoasi Rimning “Roma” klubi bo‘ldi. Murabbiy hozirda ishsiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 61 yoshli mutaxassis faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi.
Hozirda mutaxassis xizmatlariga Istanbulning “Fenerbaxche” klubi qiziqish bildirmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr