Mourino Shomurodovni qiyin vaziyatga tushirib qo‘ymoqchi 

Sport

image
0:00
0:00
download

"Roma" "Kristal Pelas" hujumchisi Vilfrid Zaaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "La Repubblica" nashri xabar berdi.

30 yoshli ivuarlik futbolchining xizmatlariga shaxsan "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildirgan. Portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan yozda ushbu futbolchini sotib olish kerakligini so‘ragan.

Yaqin haftalarda italyan klubi rahbariyati amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydigan Zaani o‘z safiga taklif qilish variantini ko‘rib chiqadi. Zaa "Roma"ga o‘tadigan bo‘lsa, Eldor Shomurodov o‘ynaydigan pozitsiya uchun kurashga kirishadi.  Ivuarlik futbolchi ham Shomurodov kabi markaz va qanot hujumida to‘p suradi.

Zaa joriy mavsum Angliya chempionatining 12 o‘yinida 6 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

1324

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing