Mourino ishsiz qoldi
Sport
−
16 yanvar
4565Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino Italiyaning “Roma” futbol klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz Jozega ishtiyoqi va fidoyiligi uchun minnatdorlik bildiramiz. U haqida doimo ajoyib xotiralar saqlanib qoladi, lekin hozir o‘zgarishlarni klub manfaati uchun zarur deb hisobladik. Joze va uning xodimlariga eng yaxshi tilaklarimizni bildiramiz”, deyiladi “Roma” bayonotida.
Ma’lumot uchun, Mourino 60 yoshda va u 2021 yildan beri “Roma”ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2022 yilda ilk bor Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda “Roma” Yevropa ligasi finaliga qadar yetib bordi. Joriy mavsumda jamoa 20 turdan keyin 29 ochko bilan Italiya chempionatida 9-o‘rinni egallab turibdi. 10 yanvar kuni klub Rimda “Latsio” mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi hamda Italiya kubogini tark etdi.
LiveBarchasi