Mourino dunyoning 2 klubidan taklif tushsagina “Roma”ni tark etishini aytdi 

Sport

image

Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Rim jamoasini tark etishi uchun faqat 2 ta klub sabab bo‘lishi mumkinligini va bu ikki klub qaysi jamoalar ekanligini aytdi. Bu haqda “Foot Mercato” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Joze ishlamoqchi bo‘lgan jamoalar orasida PSJ hamda “Chelsi” klublari ustuvor variant bo‘lib turibdi. 

Agar londonliklardan mutaxassisga taklif tushsa, u “Roma”dan ketishga tayyor. Parij klubi bilan ham vaziyat deyarli shunaqa ko‘rinish olish ehtimoli bor. Rimliklar ham murabbiyning ketishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas. 

Qayd etilishicha, Mourino Saudiya Arabistonidan kelgan takliflarni rad etgan va “Al-Nasr” bilan ishlashdan manfaatdor emasligini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, Joze Mourino hozirda “Roma” bilan A Seriyada 57 ochko jamg‘argan holda, 6-o‘rinda ketmoqda va klub Yevropa ligasida ham yurishni davom ettirmoqda. “Bo‘rilar” 11 may kuni yarim finalda “Bayer”ga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o “Roma”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing