Mourino APL klubini boshqarishi mumkin
Sport
−
10 yanvar
2004Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino turk klubini tark etib, faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 61 yoshli portugaliyalik mutaxassis Angliyaning “Everton” klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod hisoblanadi. “Everton” 19 turdan keyin 17 ochko bilan Angliya Premer-ligasi jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
Joze Mourino 2024 yilning yozida Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Bungacha mutaxassis “Roma”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Real”, “Portu”, “Leyriya” va “Benfika” klublarini boshqargan.
Hozirgacha “Special one” Angliya, Ispaniya va Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Mutaxassis 2 marta Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) ham g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi