Moskvadan Toshkentga uchgan erkak samolyotda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qildi
3-sahifa
−
23 iyul 22026 1 daqiqa
Joriy yilning 21 iyul kuni Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviareysda mast holatda ayol yo‘lovchiga nisbatan shahvoniy xatti-harakatlar sodir qilgan fuqaro 3 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda qayd etilishicha, 1985 yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan erkak reys davomida yo‘lovchi ayolga bir necha bor teginib, nomaqbul harakatlar qilgan. Ayol unga ogohlantirish bergan, ammo erkak shunga qaramay o‘z harakatlarini davom ettirgan.
Erkakning harakatlariga samolyot styuardessasi guvoh bo‘lgan.
Sudlanuvchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va mast holatda bo‘lgani sababli o‘zini tutolmaganini aytgan.
Sud erkakning ijtimoiy holatini inobatga olib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. Shu bilan birga, erkak qamoqda saqlash xarajatlaridan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 34 yoshli Damas haydovchisi mashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan qizga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun jazolangandi.
Live
Barchasi