Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot kutilmaganda Aqto‘bega qo‘ndi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva – Termiz yo‘nalishida uchayotgan HY9610 reysi Aqto‘be (Qozog‘iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bunga bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

“Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:28 da Aqto‘bega qo‘ndi. Havo kemasi yaqin soatlarda manzil aeroporti – Termizga uchib ketishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni ham “Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburg – Samarqand yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyoti Qozog‘istonning Aqto‘be xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Termiz samolyot Aqto'be

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing