Moskvadan 155 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

Olam

image

Kecha, 22 aprel kuni Rossiyaning “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga 155 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib keldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi xabar berdi.

Reys ortga qaytishda 48 kishini Moskvaga olib ketgan. Ularning 18 nafari Belarus fuqarosi.

Avvalroq, “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Toshkentga 152 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib kelgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 30 martidan e’tiboran O‘zbekistonda barcha aviaqatnovlar to‘xtatilgan edi.

Huddi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining tegishli qarori bilan mamlakatda 27 martdan barcha parvozlar to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

538

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing