Moskvadagi teraktni ISHID uyushtirgani aytilmoqda

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan “Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” (ISHID) terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. 

“The New York Times” ham mas’uliyatni ISHID o‘z zimmasiga olgani haqida yozmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, AQSH rasmiylari bu bayonotni [ISHIDdan] tasdiqlagan.  

Gazetaning yozishicha, Amerika rasmiylari mart oyida Afg‘onistonda joylashgan “Islomiy davlat-Xuroson” guruhi Moskvada hujum uyushtirmoqchi bo‘lgani haqida “razvedka ma’lumotlari” to‘plagan. Mart oyida Federal xavfsizlik xizmati Moskvadagi sinagogaga hujum uyushtirishni rejalashtirayotgan “Viloyat Xuroson” terror tashkiloti a’zolarini yo‘q qilgani haqida xabar bergan edi. 

Saudiya Arabistonida joylashgan “Al Arabiya” telekanali ham ham Krokus hujumi uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga olgani haqida xabar berdi. Biroq rasmiy Moskva va ommaviy axborot vositalari teraktni ISHID uyushtirgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlaganicha yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 mart kuni kechasi Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida noma’lum shaxslar otishma boshladi, binoda portlash sodir bo‘ldi va yong‘in chiqdi. 

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida uch kishi bo‘lgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan. Ayni vaqtgacha qurbonlar soni 60 dan oshdi.

Binoning uchdan bir qismi yonib ketgan, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni tom orqali olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 

Hozirda teraktdan keyin shifoxonalarda 110 nafar kattalar va 5 nafar bola yotibdi, 60 nafar kattalarning ahvoli og‘ir. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobev ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev terakt munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi teraktni qoraladi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi terakt oqibatida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

IShID Moskva terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing