Moskvadagi teraktga aloqador yana bir tojikistonlik hibsga olindi

Olam

image
Rossiyaga Tojikiston fuqarolari ommaviy ravishda kiritilmadi north_east

Rossiyaga Tojikiston fuqarolari ommaviy ravishda kiritilmadi

Avvalroq, Moskva viloyatidagi “Krokus” konsert zalida sodir bo‘lgan terakt ishiga aloqador 2003 yilda Tojikistonning Parhor shahrida tug‘ilgan Jumaxon Begijonovich Qurbonov qo‘lga olingandi.  Moskvaning Basmanniy sudi uni 22 maygacha hibsga oldi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni sud matbuot xizmati xabar berdi.

Tergov 21 yoshli Jumaxon Qurbonovni terakt uyushtirgan shaxslarni to‘lovlar va aloqa vositalarini to‘lash uchun pul bilan ta’minlaganlikda gumon qilmoqda. RIA Novosti sudga tayanib, Qurbonov Rossiyada norasmiy ishlagani va Tojikistonda ro‘yxatga olinganini yozdi. Moskvada u yotoqxonada yashagan.

Ma’lum qilinishicha, Jumaxon Qurbonov 11 aprel kuni qo‘lga olingan. Dastlab u mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy modda bilan 15 sutkaga hibsga olingan.

22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni to‘rt nafar asosiy gumonlanuvchi (Dalerjon Mirzoyev, Rachabalizod Saidakrami Murodali, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov)ni 22 mayga qadar qamoqda saqlash haqida sud qarori chiqqandi. Keyinchalik Dilovar va Aminxon Islomovlar hamda ularning otasi Isroil Islomov 25 mart kuni, teraktdan uch kun o‘tib hibsga olingan edi. Tergovchilarning aytishicha, Islomovlar dastlab qo‘lga olingan 4 nafar gumonlanuvchiga mashina va uy-joy bilan yordam bergan. Keyinchalik terakt ishtirokchilariga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanayotgan Qirg‘izistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Alisher Qosimov ham hibsga olindi. Aprel oyi boshida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva, Yekaterinburg va Omsk shaharlarida “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan yana uch nafar shaxsni qo‘lga oldi


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Moskva terakt Krokus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing