Moskvadagi terakt ishtirokchisi Telegram orqali yollanganini tan oldi (video)
Olam
−
23 mart
64377Moskvadagi teraktning tashkilotchi rahbarlari Telegram-kanallari orqali odamlarni jalb qilib, ularni qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan. Bu haqda RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyanga tayanib, "TASS" xabar berdi.
Simonyan tomonidan e’lon qilingan videoda Moskvadagi qurolli hujumda ishtirok etishda gumonlanayotgan, 1998 yilda tug‘ilgan Shamsutdin Fariddun so‘roq paytida Telegram'dagi chatlardan biriga yollanganini tan olgan.
"(Terror hujumi tashkilotchilari) Telegram'da ism-familiyasiz, anonim tarzda yozishgan... Ular menga yozishgan", degan u qo‘rquv aralash.
Erkakning aytishicha, unga ijtimoiy tarmoqlar orqali va’z o‘qigan tashkilotchining yordamchisidan xat kelgan. Terror homiylari odamlarni o‘ldirgani uchun "qora ishchi"larga yaxshigina pul va’da qilgan. Gumondor 4 mart kuni Turkiyadan uchib kelganini aytib, terakt uchun unga 500 ming rubl (67 mln so‘mdan ziyod) taklif qilinganini qo‘shimcha qilgan. U aynan kimning o‘limi uchun pul taklif qilingani haqidagi savolga, "istalgan fuqaro", deb javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq FXX rahbari Putinga 11 kishi qo‘lga olinganini aytgandi.
LiveBarchasi