Moskvadagi parad koronavirus sabab bekor qilinmaydi. Unda Mirziyoyev ham ishtirok etishi mumkin
Olam
−
12 mart 2020
8502Joriy yilning 9 may kuni Rossiyada Ikkinchi jahon urushi yakunlangani va g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan yirik parad o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu tadbirkor koronavirus xavfiga qaramasdan bekor qilinmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilmoqda.
“G‘alaba paradini bekor qilish yoki chekash haqida hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q”, deydi Peskov.
Peskov ushbu Rossiya uchun yirik va muhim bo‘lgan tadbirda ko‘plab xorijiy mehmonlar taklif qilinganini va ularning aksariyati o‘z ishtirokini tasdiqlaganini xabar qildi.
“Tadbirga har tomonlama tayyorgarlik ketmoqda, delegatsiyalarni kutib olish, harbiy paradga doir ishlar olib borilmoqda. Paradni bekor qilish haqida hech qanday gap yo‘q. Bu juda yirik masshtabli tadbir bo‘ladi. Vaziyatni kuzatib boramiz”, deydi Peskov.
Ma’lumot uchun Moskvaga G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda 20 dan ortiq davlat rahbarlari o‘z ishtiroklarini tasdiqlagan edi. Ular orasida KXSHT va MDH davlatlari rahbarlari, Hindiston, Fransiya, Chexiya, Kuba va boshqa mamlakat prezidentlari bor. AQSH prezidenti Donald Tramp paradga kelmasligini ma’lum qilgan.
G‘alaba paradini bekor qilish yoki chekash haqida hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov 2019 yilning dekabr oyida RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvadagi paradda ishtirok etishini tasdiqlagan edi.
LiveBarchasi