Moskvadagi otishma tafsilotlari ochiqlandi

Olam

Kecha, 19 dekabr kuni Moskvada Rossiya Federal xavfsizlik xizmati binosiga hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. Otishmada FXXning bir xodimi halok bo‘ldi.

Otishmadan keyin berilgan rasmiy ma’lumotlargak ko‘ra, hodisada 5 kishi jabrlangan, shundan ikki nafari og‘ir ahvolda. Yaralanganlardan biri oddiy fuqaro bo‘lgan, uning jarohati “yengil” deb baholangan. Bu haqda "Meduza" xabar berdi.

Hujum qilgan shaxs otishma vaqtida o‘ldirilgan, Uning sumkasidan granatalar va portlovchi uskuna topilgan. Bomba zararsiz holga keltirilgan. Hujum qilgan shaxs 39 yoshli Yevgeniy Manyurov bo‘lgan.

Manyurovning uyida o‘tkazilgan tintuvda turli qurollar zaxirasi topilgan. Erkakda barcha qurollar uchun ruxsatnoma bo‘lgan. Hujum vaqtida u Kalashnikov avtomatidan foydalangan.

Hujum nima maqsadda uyushtirilgani noma’lum. Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan “huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hayotiga suiqasd qilish” modlasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘agan. “Kommersant”ning ma’lum qilishicha, tergovda hujum qilgan shaxsning ISHID terrorchilik tashkiloti tarafdorlariga xos shiorlarni baland ovozda aytgani haqida ko‘rsatmalar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva otishma FXX

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing