Moskvada ommaviy janjal sabab 85 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
Olam
−
06 aprel 2022
14269Avvalroq Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Elchixona bilan birgalikda o‘rganish ishlarini boshlagan.
Dastlabki o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 1 aprel kuni korxonada ishlovchi ikki xodim o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida mushtlashuv yuz bergan va keyinchalik mushtlashuvga ikki tomondan ham ishchilar aralashib ketgan.
Ish beruvchi vakillari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda 41 nafar tojikistonlik va 85 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari hibsga olingan. Ularning 20 nafariga nisbatan deportatsiya qilish chorasi qo‘llanishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Elchixona bilan birgalikda vakolatli tashkilotlar orqali mazkur masalani ijobiy hal etish choralarini ko‘rmoqda.
Shu o‘rinda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklardan ushbu davlat qonunlariga rioya qilishni, nizoli vaziyatlarga aralashmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni so‘ragan.
LiveBarchasi