Moskvada o‘zbekistonliklar yashaydigan yotoqxona yonib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Jamiyat

image

Rossiyaning Moskva viloyatida o‘zbekistonliklar yashaydigan yotoqxona yonib ketdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 23 may kuni tunda Istra tumani, Padikovo qishlog‘idagi yotoqxonada sodir bo‘lgan. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik bo‘limining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijlik fuqaro yashagan, ulardan 11 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Yong‘in oqibatida hozircha shaxsi aniqlanmagan 8 kishi halok bo‘lgan. Ularning jasadlari shaxsini aniqlash uchun vaqtincha Istra sud-tibbiyot byurosiga joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlikdan o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Vaziyat elchixonaning konsullik bo‘limi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 30 noyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi hostelda sodir bo‘lgan yong‘inda 13 kishi halok bo‘lgandi. Ulardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in o'zbekistonlik Qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing