Moskvada Ukraina gerbi tasvirlangan futbolka kiyib yurgan o‘zbekistonlik jarimaga tortildi 

3-sahifa

image

Moskvada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya fuqrosi X.A. Ukraina gerbi tasvirlangan futbolka kiyib, urushni tanqid qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Ostorojno, Moskva” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 37 yoshli ayblanuvchi X.A. joriy yilning 25 iyun kuni  Kiyev metrosi bekatida qo‘lga olingan. Erkakning futbolkasida Ukraina gerbi tasvirlangan bo‘lgan. Bundan tashqari, yo‘lovchi Rossiyaning Ukrainada urush olib borayotganini tanqid qilgan.

Oradan ikki kun o‘tib, 27 iyunda bo‘lib o‘tgan sud majlisida X.A. “Rossiya Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan va unga 50 ming rubl miqdorida jarima solingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 12 yoshli bolani o‘ldirishga uringanlikda ayblangan o‘zbekistonlik ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing