Moskvada ta’mirdagi maktab binosida plita quladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 20 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahridagi maktabda beton plitalar qulab, odamlarni bosib qoldi. Vayronalar ostidan 2 nafar ishchining jasadi olib chiqilgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Znamenskaya ko‘chasidagi 1080-maktab ta’miri vaqtida beton plitalar qulab tushgan va vayronalar ostida ishchilar qolib ketgan. Hodisa vaqtida binoda o‘quvchilar bo‘lmagan. Ikki nafar halok bo‘lgan ishchining jasadi beton qoldiqlari ostidan chiqarib olingan. Bir kishini qutqaruvchilar tirik holda olib chiqqan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida yana olti kishi qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda. Ish poytaxt prokuraturasi nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida joylashgan qurilish maydonidagi konstruksiya jihozining qulab tushishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi va qirg‘izistonlik ikki ishchi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Moskva Znamenskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing