Moskvada politsiya bilan to‘qnashgan 50 dan ortiq migrant hibsga olindi

Olam

image

Oldinroq Moskva janubi-sharqidagi “Sadovod” bozorida migrantlar guruhi politsiya bilan to‘qnashgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu to‘qnashuvda ishtirok etgan 73 nafar migrantga nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati xabar berdi. 

“51 kishi jamoat tartibini buzish va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha navbatchi politsiya xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topildi va ularga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish qo‘llanildi”, deyiladi hisobotda.

Yana 22 kishi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalarini yoki mamlakatda bo‘lish rejimini buzish bilan aybdor deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 dekabr kuni Moskva janubi-sharqidagi “Sadovod” bozorida migrantlar guruhi politsiya bilan to‘qnashgandi. Ushbu to‘qnashuvda umumiy hisobda 82 kishi hibsga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

migrant Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing