Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 12 iyul kuni kechasi Rossiya poytaxti Moskva shahri Kuzminki metro bekati yaqinida yuzdan ortiq muhojirlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Gvardiyasi xodimlari voqea joyida ishlamoqda. Ommaviy mushtlashuvda ishtirok etganlarning aniq soni noma’lum.

TASS huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib xabar berishicha, politsiya ommaviy mushtlashuvning kamida 15 ishtirokchisini hibsga olgan. Aniqlik kiritilishicha, janjal Zelenodolsk ko‘chasida sodir bo‘lgan.

“Lenta” nashrining yozishicha, ommaviy mushtlashuvga joriy yilning 11 iyul kuni qirg‘izistonlik ikki fuqaroning pichoq zarbasi bilan jarohatlangani sabab bo‘lgan.

24.kg va “Lenta” nashrlariga ko‘ra, ushbu mojaro tojikistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida kelib chiqqan. “Aziya-Plyus” nashri esa boshqacha ma’lumot bermoqda. Unga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muhojirlar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, mushtlashuv oqibatida avtomobil to‘xtash joyidagi avtotransportlarga zarar yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Moskva ommaviy mushtlashuv

Baholaganlar

329

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing