Moskvada koronavirus qurbonlari soni keskin oshdi
Olam
−
21 may 2020
10463So‘nggi bir kun ichida Moskvada koronavirus aniqlangan bemorlarning 68 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda vaziyatni kuzatish va nazorat qilish bo‘yicha Moskva tezkor shtab-kvartirasi ma’lum qildi.
"Moskvada 68 bemor vafot etdi. Ularga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va koronavirus infeksiyasi uchun ijobiy sinovlar o‘tkazilgan edi", deyiladi xabarda.
Rossiya poytaxtida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida o‘limning umumiy soni 1794 taga yetdi.
Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda koronavirusga chalingan og‘ir va o‘ta og‘ir 1700 nafar bemor borligini ma’lum qildi.
Shahar meri so‘nggi uch hafta ichida ularning soni kamaymaganligini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holatda bo‘lgan bemorlar taxminan 2-3 hafta intensiv terapiyada davolanishadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada jami 308 705 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Infeksiya sababli 2 972 bemor vafot etgan, 85 392 nafari shifo topgan.
LiveBarchasi