Moskvada karantin joriy etilishi mumkin
Olam
−
13 dekabr 2023 15851 1 daqiqa
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Yevgeniy Timakov gripp bilan kasallanishning keskin o‘sishi sababli Moskvada bir hafta davomida karantin va masofaviy ta’limni joriy etishni taklif qilmoqda. Uning fikricha, virus tarqalishini to‘xtatish uchun niqob kiyishdan ko‘ra ko‘proq chora ko‘rish kerak.
"Bir necha kun ichida gripp bilan kasallanishlar soni keskin o‘sdi", deydi Timakov.
Uning ta’kidlashicha, grippning aksariyat holatlari hech qanday muammosiz kechsa-da, emlanmaganlarda pnevmoniya paydo bo‘lishi mumkin. Emlash asoratlarni oldini olishga yordam beradi, ammo infeksiyadan himoyalamaydi.
Infeksionist, shuningdek, ta’lim muassasalarida grippning birinchi holati aniqlangan talabalarni masofaviy ta’limga o‘tkazishni taklif qilyapti.
"Masofaviy o‘qitishga o‘tish kamida bir hafta amalga oshirilishi kerak: siz butun sinf kasal bo‘lguncha kutmasdan, jarayonni bloklashingiz mumkin", deb hisoblaydi Timakov.
Sinfda kasallik aniqlansa, bolalar 5-7 kun davomida izolyatsiya qilinishi kerak. Grippning inkubatsiya davri qisqa bo‘lgani uchun uzoq vaqt yakkalash talab qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada parranda grippi sababli karantin e’lon qilingan edi.
Live
Barchasi