Moskvada ikki qirg‘izistonlik o‘g‘irlab ketildi
Olam
−
14 yanvar
5695Moskvada ikki erkak katta miqdorda pul undirish maqsadida o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning ikki fuqarosi “Kuzminki” metro bekati yaqinidagi kafeda do‘stini kutib turgan. Ikki noma’lum erkak ularga yaqinlashib, mashinani o‘t oldirishda yordam so‘ragan. Qirg‘iziston fuqarolari esa rozi bo‘lib ko‘chaga chiqqan.
Noma’lum shaxslar u yerda ularni mashina ichiga itarib yuborgan, hujjat va telefonlarini olib, keyinroq Xoroshyovo-Mnyovniki tumanidagi joyga olib borishgan. Ular qirg‘izistonliklardan 190 ming rubl talab qila boshlagan, erkaklarni kaltaklagan va ularga o‘ldirish bilan tahdid qilingan.
O‘g‘irlanganlardan biri yolg‘iz qolganida, erkaklar yordam so‘rab xat yozgan va xatni derazadan uloqtirishgan. Shundan so‘ng kvartiraga politsiya otryadi yetib kelgan. Uch fuqaro qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Shimoliy Vaziriston hududida “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” guruhi jangarilari rossiyalik sayyohni garovga olib, uni ozod qilish uchun tovon talab qilgandi. Olib qochilgan shaxs Sankt-Peterburgda yashovchi Vasiliy bo‘lib, u velosipedda sayohat qilishga qiziqadi va videolarini YouTube orqali baham ko‘radi. O‘g‘rilar garovdagi sayyohning shaxsini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, Rossiya elchixonasi bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar