Moskvada o‘zbekistonliklarga Toshkentgacha chipta va’da qiluvchi firibgarlar paydo bo‘ldi
Olam
−
23 mart 2020
3780Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskvadagi aeroportlarda O‘zbekistondan charter reys kutayotgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, aeroportlarda firibgarlar paydo bo‘lgan.
Firibgarlar O‘zbekiston fuqarolarining ishonchiga kirib, charter qatnoviga chipta sotish bilan bog‘liq masalalarni messenjerlar orqali hal qila olishini va’da bermoqda. Yo‘lovchilardan pasport ma’lumotlarini va chipta narxining 70 foiz to‘lovini oldindan amalga oshirishni talab qiladi. Aynan shu paytda ikki o‘zbekistonlik shu firibgarlar tomonidan aldangan.
“Toshkentga bo‘lgan charter qatnoviga chipta sotib olishni va’da qilgan shubhali shaxslar bilan aloqa qilishda ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz.
Sizga barcha o‘zgarishlar haqida xabar beramiz. Charterlar jadvali bizning uzairways.com sayti, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z vaqtida e’lon qilinadi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Avvalroq, Rossiyaning Novosibirsk shahridan 253 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi