Hukumat “Vnukovo” aeroportida qolib kegan o‘zbekistonliklarni ta’minlash uchun mablag‘ ajratdi

Olam

image

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan xalqaro havo, avtomobil va temir yo‘l aloqalarini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab, O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Xususan, 24 soatlik Operativ shtab tashkil etildi, vatandoshlarimizning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lish va mehnat patentlari muddatlarini mamlakatni tark etmasdan uzaytirish masalasi hal qilindi, karantin choralariga qaramay o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalaridan chiqarib yubormaslik bo‘yicha Rossiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan ish olib borildi, Rossiya tomonidan COVID-19 virusi RNKni aniqlash uchun test-tizimlari olindi. O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib chiqish uchun beshta charter reysi va uchta temir yo‘l poyezdi tashkil etildi.

Elchixona o‘z Vatanlariga ucha olmagan va Moskva aeroportlarida qolib ketgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatni doimiy nazoratga olgan. Elchixona diplomatlari har kuni aeroportlarga tashrif buyurib, joylardagi ahvolni o‘rganmoqda va u yerdagi fuqarolarga oziq-ovqat tashkillashtirishda yordam bermoqda.

“Elchixona tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasida “Vnukovo” aeroporti rahbariyati vatandoshlarimizning vaqtincha turishi uchun “B” terminalini ajratdi, u yer tibbiy punkt, sanuzel, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

Afsuski, diplomatlarning barcha ishontirishlari va urinishlariga qaramay, “B” terminalida yaratilgan maxsus zona faqat kunlik ovqatlanish uchun ishlatilmoqda, ro‘yxatga olish punktlari esa o‘zbekistonliklarning doimiy turar joylari bo‘lib qolmoqda”, deyiladi xabarda.

Elchixona vatandoshlarga qulayliklar yaratish maqsadida ularni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobidan vaqtincha turar joy bilan ta’minlash masalasini ishlab chiqdi. Bugungi kunga qadar “Vnukovo” aeroportida kuniga uch marta ovqatlanish imkoniga ega taxminan 150 kishi uchun joylar tayyorlangan (raqam doimiy ravishda o‘zgarmoqda), bu haqda vatandoshlar tezda xabardor qilindi. Elchixonaning ushbu taklifini vatandoshlar inkor etmoqdalar va charter reyslarini kutib aviabiletlarni rasmiylashtirish punktlarida qolishni afzal ko‘rmoqda.

Elchixona yangi charter reyslari tashkil etilgunga qadar 150 nafar o‘zbekistonlikka “Vnukovo” aeroportida vaqtincha turar joy bilan ta’minlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi va o‘z ma’lumotlarini (pasport va bog‘lanish ma’lumotlari) “Vnukovo” aeroportidagi “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasiga kerakli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlarini so‘rab murojaat etadi.

Shu o‘rinda mavjud vaziyat tufayli Vatanga qayta olmaydigan va aviachiptalarga ega fuqarolar soni ko‘paygan taqdirda, o‘z vaqtida murojaat bo‘lganda Elchixona tomonidan ularni joylashtirish choralari ko‘riladi.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Vnukovo koronavirus

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing