Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Moskva yana Ukraina dronlari hujumiga uchradi (video)

Olam

image

Bugun, 14 mart kuni ertalab Moskva viloyati osmonida uchta dron urib tushirildi – ikkitasi Balashixa ustida, bittasi esa Leninskiy tumanining “Janubiy Bitsa” mikrorayonida. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Vorobyovning so‘zlariga ko‘ra, Balashixa ustida urib tushirilgan dronlardan birining parchalari Izmaylovo mikrorayonidagi qurilish maydonchasiga (Demin Lug ko‘chasi hududida) tushgan. Ikkinchi dron esa Jeleznodorojniy mikrorayonida, Svoboda ko‘chasi yaqinida yo‘q qilingan. Uchinchisi Janubiy Bitsa mikrorayonida urib tushirilgan bo‘lib, uning parchalari hali foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uyning binosiga tushgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Hozirda hodisa joylarida tezkor xizmatlar ishlamoqda”, deb yozdi Vorobyov.

Bundan oldin Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt tomon uchayotgan to‘rtta dron urib tushirilgani haqida xabar bergan. Bir qator nashrlar Moskvada janubiy va g‘arbiy hududlardagi turar-joylarga zarar yetganini, shuningdek, Yangi Moskva hududidagi kottej shaharchasiga dron parchalari tushganini xabar qilgan.

Hujum sabab ertalab Vnukovo va Kaluga aeroportlarida bir soatdan ortiq vaqt davomida parvozlar cheklangan. Cheklovlar Moskva vaqti bilan 07:27 da bekor qilingan. Shundan so‘ng Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha Obninsk shahri chekkasida yana bir dron urib tushirilgani haqida xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va zarar ko‘rganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 11 martga o‘tar kechasi Moskva va unga yaqin hududlar eng yirik dron hujumlaridan biriga uchragan edi. Ushbu hujum oqibatida Moskva viloyatida uch kishi halok bo‘lib, yana 20 kishi jarohatlangan. Rossiya Mudofaa vazirligi o‘sha kecha butun mamlakat bo‘ylab 343 ta dronni, jumladan, Moskva viloyati ustida 91 ta va Kursk AES yaqinida 6 ta dronni yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Ukraina dron hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing