Moskva viloyatidagi harbiy zavodda portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatidagi Sergiyev Posad shahrida portlash yuz berdi. Bu haqda favqulodda xizmatlarga tayanib TASS xabar berdi.

Aytilishicha, portlash optik-mexanika zavodi hududida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari vakillari va shahar okrugi rahbari Dmitriy Akulov yetib borgan. Yaqin kunlarda u yerga Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ham borishi kutilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga dron sabab bo‘lmagan. Favqulodda vaziyatlar xizmati hodisa oqibatida 11 kishi jabrlanganini ma’lum qilgan. Biroq boshqa manbalarda, xususan, “Mash” va “Shot” Telegram-kanallarida jabranganlar soni mos ravishda 18-20 kishi ekanini yozilgan. 

“112” Telegram-kanali esa portlash pirotexnika vositalari saqlanadigan omborxonada sodir bo‘lganini xabar bergan. Favqulodda xizmatlar ham buni istisno qilmagan.

Voqea joyidan olingan fotosuratlar va videolarda quyuq tutun tarqalayotgani ko‘rinadi. Guvohlarning aytishicha, portlash qo‘shni binolar derazalarining sinishiga olib kelgan.

Ma’lumot uchun, portlash bo‘lgan zavod 1935 yilda tashkil etilgan. U "Shvabe" xoldingi tarkibiga kiradi. Zavod zamonaviy innovatsion korxona bo‘lib, u huquqni muhofaza qilish organlari, sanoat va sog‘liqni saqlash uchun optik va optoelektronika qurilmalarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanaladi. So‘nggi paytlarda, xususan, dozimetrik asbob-uskunalar va texnik xavfsizlik uskunalari ishlab chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva osmonida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan ikkita dron urib tushirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva portlash Sergiev Posad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing