Moskva viloyatida samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatiga kiruvchi Stupino shahar okrugidagi Malino qishlog‘ida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasiga tayanib, RBK xabar berdi.

Aytilishicha, samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. Ular o‘lgan bo‘lishi ehtimoli katta.

Halokatga uchragan samolyot Yak-52 samolyoti bo‘lib, uning uchuvchisi aerobatika bilan shug‘ullanayotgan vaqtda falokat sodir bo‘lgan. U bir nuqtada balandligi yetarli bo‘lmagani uchun figuradan chiqa olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing