Moskva viloyatida ham migrantlar uchun patent narxi oshirildi
Olam
−
14 noyabr
57602025 yildan boshlab Rossiyaning Moskva viloyatida migrantlar uchun patent narxi 8,9 ming rublgacha oshirilmoqda. Shu orqali viloyat byudjetiga qo‘shimcha ravishda 2,9 milliard rublga yaqin mablag‘ jalb qilinadi. Bu haqda Moskva viloyati Dumasi raisi Igor Brinsalovga tayanib, TASS xabar berdi.
“Biz chet el fuqarolariga patentni hisoblash uchun mintaqaviy koeffitsiyentni belgilaydigan qonunni qabul qildik. Bu yil Moskva viloyatida patentning narxi 7500 rublni tashkil qilmoqda. Bir necha yildirki, Moskva shahri va Moskva viloyatida patent narxi bir xil darajada belgilangan”, dedi u.
Shuningdek, u 2025 yil 1 yanvardan boshlab Moskva viloyatida chet ellik ishchilarni alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, ko‘cha ovqatlari, ijtimoiy xizmatlar, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patent asosida ishga jalb qilish taqiqlanishini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshib, 2025 yilda uning narxi 8,9 ming rublni tashkil qilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi