Buxoroning “Sofi oshi” ham patentlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatiga xos bo‘lgan “Sofi oshi” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Ushbu maqom “Sofi oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi, taomning sifati va haqiqiyligini kafolatlaydi hamda Buxoro viloyatining boy gastronomik merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Geografik ko‘rsatkich – mahsulotning muayyan hududga xosligi va uning o‘ziga xos sifati aynan shu hudud bilan uzviy bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk ob’ektidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “G‘ijduvon shashlik”, “G‘uzor tandir go‘shti”, “Samarqand noni”, “Xorazm tuxumbaragi”, “Andijon do‘ppisi”, “So‘qoq somsasi”, “Samarqand no‘xat sho‘ragi”, “Samarqand qog‘ozi”, “Zomin qozon patiri” hamda “Baliq qarma” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro patent Sofi osh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing