2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun patent narxi qancha bo‘ladi?
Olam
−
10:29
106222025 yilda mehnat muhojirlari uchun patent narxi Rossiya Federatsiyasining barcha hududlarida o‘zgaradi. Bu haqda “Novosti” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mehnat muhojirlari uchun patentning narxi Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalarida farq qiladi.
Shunday qilib, 2025 yilda patent Krasnodar o‘lkasidagi mehnat muhojirlari uchun eng qimmatga tushadi – 17 120 rubl (2 mln 210 ming 580 so‘m). Shuningdek, Chelyabinsk va Tver viloyatlarida patent 15 000 rubl (1 mln 936 ming 840 so‘m) va 14 973 rubl (1 mln 933 ming 353 so‘m) ni tashkil etadi.
Eng arzon patent narxi esa Checheniston Respublikasida – 3113 rubl (401 ming 958 so‘m).
2024 yil bilan solishtirganda, patent Chechenistonda 233 rubl qimmatlashgan.
Shuningdek, Xakasiya Respublikasida patent narxi 7085 rubldan 6226 rublgacha pasaytirilgan.
Ma’lumot uchun, patent vizasiz mamlakatlardan kelgan xorijliklarga, jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjat sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yildan boshlab Rossiyaning Moskva viloyatida migrantlar uchun patent narxi 8,9 ming rublgacha oshirilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi