Nijegorodda migrantlarga patent berish to‘xtatildi

Olam

image

Bugun, 1 oktyabrdan boshlab Rossiyaning Nijegorod viloyatida “vizasiz” rejimdagi mamlakatlardan kelgan chet ellik fuqarolarga mehnat patentlari berilishi to‘xtatildi. Bu haqda IIV viloyat boshqarmasiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyning 2024 yil 23 sentyabr kuni qabul qilgan №1/11198-sonli farmoyishiga asosan, joriy yil 1 oktyabridan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgan chet el fuqarolariga Nijegorod viloyati hududida 2025 yil 1 martga qadar vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent berilishi vaqtincha to‘xtatildi. Viloyatdagi IIV migratsiya masalalari bo‘yicha boshqarma avval berilgan patentlarni qayta rasmiylashtirishni davom ettiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida Nijegorod viloyatiga kirgan migrantlar soni 24 foizga kamayib, 61 mingni tashkil etgan. Ulardan 62 foizi aynan mehnat migrantlari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrantlardan endi fuqarolik bo‘yicha arizalar qabul qilinmasligi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya patent Nijegorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made