Moskva viloyatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ochiqlandi
Olam
−
08 may 2020 17230 1 daqiqa
Avvalroq, Rossiyaning Moskva viloyatidagi binoda yong‘in chiqqani, oqibatda olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 8 may kuni mazkur halokatda vafot etganlarning shaxsiga oydinlik kiritildi. REN TV ma’lumotlariga ko‘ra, marhumlarning shaxsi quyidagicha:
1. Gulmira Sattorova, 38 yosh
2. Zamira Sattorova, 44 yosh
3. Komila Bo‘riyeva, 30 yosh
4. Safarboy Abdimannonov, 24 yosh
5. Istam Safarov, 41 yosh
6. Doston Boboqulov, 22 yosh.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi joriy yilning 5 may kuni Moskva viloyatining Ramenskiy tumanidagi shaxsiy turar-joyda yong‘in oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘lganini tasdiqlagan.
Ayni damda voqea yuzasidan Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust