Moskvadagi “Mega Ximki” savdo majmuasida katta yong‘in bo‘ldi (video)
Olam
−
09 dekabr 2022 7189 1 daqiqa
Rossiyaning Moskva viloyatidagi “Mega Ximki” savdo markazidagi OBI gipermarketida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in maydoni 7 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Yong‘inni o‘chirishga 30 kishi va 9 ta texnika jalb etilgan. Olovga beshta qiyinchilik darjasidan to‘rtinchi raqam berilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q. Voqea yuzasidan Moskva viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari tashkil etilmoqda.
Live
BarchasiEron Kiprga ham zarba berdi
01 mart