Moskva viloyatida yuz bergan yong‘inda 6 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 5 may kuni Rossiyaning Moskva viloyati Ramenskiy tumanidagi joylashgan uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda 6 kishi olov ichida qolib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Yong‘in Durnixa qishlog‘ida soat 04:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan 06:00 – tahr) yuz berdi. Olov butun hududni qamrab oldi. Vayronalarni o‘rganish paytida olti kishining jasadi topildi”, dedi agentlik manbasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in allaqachon o‘chirilgan. Uning umumiy maydoni 100 kvadrat metrni tashkil etdi. Voqea sabablari aniqlanmoqda. Taxminlar orasida “qisqa tutashuv va beparvolik bilan ishlov berish” varinati ko‘rib chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Moskva viloyati

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing