TIV 6 nafar o‘zbekistonlik Moskva viloyatidagi yong‘inda qurbon bo‘lganini tasdiqladi
Jamiyat
−
07 may 2020
6665Avvalroq, Rossiyaning Moskva viloyatida yuz bergan yong‘inda 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi joriy yilning 5 may kuni Moskva viloyatining Ramenskiy tumanidagi shaxsiy turar-joyda yong‘in oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘lganini tasdiqlagan.
Hozirda Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Ushbu holat O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining Konsullik bo‘limi nazoratiga olingan.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti halok bo‘lganlarning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etib, Rossiyadagi fuqarolar zarur hollarda O‘zbekiston Elchixonasiga ( tel.:+ 7-499 230-00-76, + 7-499-238-36-20) hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga (tel.: +7-925-045-47-44) murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.
LiveBarchasi