Moskva shahrida karantin cheklovlari yozgacha uzaytirildi

Olam

image

Moskvada yangi koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklovlar 31 maygacha uzaytirildi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining shaxsiy veb-saytidagi blogida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mart oyi oxiridan boshlab qabul qilingan ba’zi choralar 12 maydan boshlab bekor qilinadi, shu jumladan sanoat va qurilish kompaniyalari faoliyatini qayta tiklaydi. Ammo Sobyaninning qo‘shimcha qilishicha, sport inshootlari, restoranlar va teatrlar ochishga hali erta.

Moskva — bu Rossiyadagi koronavirus inqirozining markazidir, mamlakatda qayd etilgan 177 160 holatdan 92 676 nafari ushbu shaharga tegishli. Lekin Sobyanin poytaxtdagi bemorlar soni 300 mingga yaqin ekanligini ta’kidlagan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 177 160 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 23 803 nafari sog‘aygan, 1 625 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 151 732 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing