Moskva-Baku mojarosi fonida Zelenskiy Aliyevni qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Kecha, 1 iyul kuni Ukraina va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Ilhom Aliyev telefon suhbatida Moskva va Baku o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

U Rossiya Ozarbayjon fuqarolarini masxara qilayotgan va Ozarbayjon Respublikasiga tahdid solayotgan vaziyatda Ukrainaning Bakuni qo‘llovini bildirdi.

Ukrainaning Prezidenti aka-uka Husayn va Ziyaddin Safarovlarning Yekaterinburgda hibsga olinganidan keyin o‘lim topganini “qotillik” deb atadi va Ukraina jamoatchiligi nomidan Ozarbayjon Prezidentiga hamdardlik bildirdi.

“Ishonchim komilki, barcha dalillar aniqlanadi. Va adolat talab etiladi”, dedi Zelenskiy.

Aliyev Zelenskiyga hamdardlik so‘zlari uchun minnatdorlik bildirgan. 

Bundan tashqari, Vladimir Zelenskiy Ilhom Aliyevga Ukrainani, uning hududiy yaxlitligi va xalqini qo‘llab-quvvatlagani,  shu jumladan ukrainaliklarni Erondan evakuatsiya qilishda Ozarbayjon ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar, energetika, gumanitar sohadagi hamkorlikni muhokama qildi va Bakuda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Ilhom Aliev Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing