Morgan nima uchun Ronalduni Messidan kuchli hisoblashini aytdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Teleboshlovchi va sport jurnalisti Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini taqqosladi. Uning fikricha, portugaliyalik barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi hisoblanadi.

“Messi bu Jahon chempionatida ajoyib o‘yin o‘tkazmoqda. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Ammo futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi sifatida men Ronalduni tanlayman. Menimcha, Krishtianu bu nomga loyiq. Bitta Jahon chempionati Messini barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisiga aylantirmaydi. Ronaldu “Real Madrid”da qolishi mumkin edi, lekin u o‘z uchun qulay joyni tark etib, yangi qiyinchiliklar bilan kurashdi. Messi har doim eng zo‘r futbolchilar atrofida bo‘lgan, lekin Ronaldu deyarli o‘z jamoasini yolg‘iz oldinga boshlashiga to‘g‘ri kelgan. Menimcha, Maradona argentinalik eng buyuk futbolchi. Messi hatto argentinaliklar orasida ham eng buyuk maqomini ham olmagan. Agar ikki futbolchining karerasidagi gollari, Chempionlar ligasidagi gollari hisoblansa, Ronaldu ancha oldinda. U “ikkinchi qavatda” yaxshiroq, u ikki oyoq bilan ham yaxshi o‘ynaydi. Men Ronalduni kuchliligini isbotlovchi dalillarning uzun ro‘yxatini yozishim mumkin: Ronaldu – barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi, Messi esa Argentinaning ikkinchi eng buyuk futbolchisi”, deydi Morgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu aynan Pirs Morganga bergan tanqidiy intervyusidan so‘ng, MYU taklifiga binoan klub bilan shartnomani bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu JCH2022

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing