Moratoriy joriy qilingandan keyin tabiatga 9,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan
Jamiyat
−
25 noyabr 2020
3146O‘zbekistonda moratoriy joriy etilganidan buyon 3 897 ta holatda tabiatga qariyb 10 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzulla Oblomurodov ma’lum qildi.
U moratoriy davridagi ishlar haqida axborot berib, quyidagilarni ma’lum qildi:
Moratoriy davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4018 ta (10 oylik holatiga) murojaat kelib tushgan, murojaatlarda 188 943 tup davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘ralgan;
20 noyabr holatiga ko‘ra, jami qonunbuzarliklar soni 3 897 ta, belgilangan jarima — 4 316,1 mln so‘mni tashkil etib, shundan 2 757,4 mln so‘mi undirildi;
tabiatga yetkazilgan zarar — 9 mlrd 787,2 mln so‘mni tashkil etib, shundan 2 942,4 mln so‘mi undirildi;
undirilmagan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida 338 ta holat bo‘yicha (6 913,1 mln so‘m) to‘plangan hujjatlar tegishli organlarga (sud, prokuratura, MIB, IIB) kiritildi;
17 ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi