Morata va yana olti nafar ispaniyalik futbolchi shamollab qoldi
Sport
−
21 noyabr 2022
4337Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichining ochilish o‘yinida optimal tarkib bilan maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Qizil furiya"ning yetti nafar futbolchisi konditsionerlardan noto‘g‘ri foydalangani uchun shamollab qolgan. Bemorlardan biri markaziy hujumchi Alvaro Morata bo‘lib, u jamoaning so‘nggi mashg‘ulotini yakunlay olmadi.
Luis Enrike shogirdlari 23 noyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi Qatar mundialidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Shuningdek, Ispaniya Germaniya va Yaponiya terma jamoalari bilan to‘qnash keladi. Guruhda eng yaxshi natija qayd etgan ikki jamoa turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

