Qatarga kelgan muxlislar yaponlardan o‘rnak olmoqda
Sport
−
02 dekabr 2022 7646 1 daqiqa
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlanganidan so‘ng, Ar-Rayyan shahridagi “Xalifa” stadionida turli terma jamoalar muxlislari chiqindilarni tozaladi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Yaponiya terma jamoasi 2 dekabr, payshanba kuni ispanlar ustidan 2:1 hisobida irodali tarzda g‘alaba qozondi va Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Terma jamoa muxlislari o‘z vatandoshlarining muvaffaqiyatini nishonlagan bo‘lsa, Meksika, Braziliya, Argentina va boshqa terma jamoalar muxlislari chiqindi qoplarini stadiondan olib chiqib ketdi. Biroz vaqt o‘tgach, bu jarayonga yaponlar ham qo‘shildi. Tozalik ishlari uchun yaponiyalik futbol muxlislariga ajratilgan ko‘k paketlardan foydalanildi.
Yaponiya terma jamoasi “E” guruhida 6 ochko bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1/8 finalda Yaponiya Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionati kumush medali sovrindori Xorvatiya, Ispaniya terma jamoasi esa “F” guruhi g‘olibiga aylangan Marokash termasi bilan to‘qnash keladi. Uchrashuvlar 5 va 6 dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025